So‘m dollar va yevroga nisbatan keskin qadrsizlandi

Markaziy bank bir hafta ichida ikkinchi marta xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Sputnik

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 16-apreldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi 427,64 so‘mga ko‘tarilib, 10 121 so‘mni tashkil qildi.

So‘m dollar va yevroga nisbatan keskin qadrsizlandi

Yevro esa birdaniga 512,16 so‘mga qimmatlashdi va 11 111,85 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rublida ham ko‘tarilish kuzatilgan. Rubl 7,26 so‘mga ko‘tarilib, 138,69 co‘mni tashkil qildi.

Qayd etish joizki, Markaziy bank bir hafta davomida ikkinchi marta xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.