Rossiyalik deputat migrantlar patentini nega uzaytirish kerakligi haqida

Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Viktor Vodolaskiy nima sababdan migrantlarning mehnat patentlarini avtomatik tarzda uzaytirish kerakligini tushuntirdi.
Sputnik

Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari qo‘mitasi IIV va boshqa Rossiyaning asosiy idoralariga COVID-19 pandemiyasi tufayli o‘z mamlakatlariga qayta olmayotgan migrantlar uchun patentlar muddatini uzaytishga oid so‘rov yuboradi.

Muhim maktub: Tanzila Narbayeva Matviyenkodan o‘zbekistonliklarga amaliy yordam berishni so‘radi

“Maktubda ko‘rsatilganki, bugungi kunda yuz minglab migrantlar Rossiya hududida bo‘lib turibdi. Ular avtomobil, aviaqatnovlar yo‘qligi, chegaralar yopiqligi bois o‘z vatanlariga keta olmaydi”, - dedi Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Viktor Vodolaskiy.

Uning ta’kidlashicha, tabiiyki, savol o‘rtaga tashlanadi: o‘z uyiga keta olmaydigan, ishlash uchun patenti yoki vaqtincha yashash muddatini uzaytira olmaydigan bu qadar ko‘pchilikni nima qilish kerak.

“Bizning murojaatimiz koronavirus pandemiyasi bilan kurash yakunlanguniga qadar mehnat migrantlarining patent va Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turish huquqini avtomatik tarzda uzaytirishga qaratilgan”, - dedi Viktor Vodolaskiy Sputnik nashriga bergan intervyusida.

O‘zbekiston TIV Rossiyadagi fuqarolar uchun patent to‘lovini kechiktirishni so‘radi

Deputat ushbu masalaning hal qilinmasligi oqibatlari salbiy bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratdi. Xususan, agar hujjatlar uzaytirilmasa, migrantlar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlaridan qochishni boshlaydi yoki sarson-sargardonlikda hayot kechirishi mumkin.
Migrantlarning jamoat tartibini buzmasdan osoyishta o‘z ishlarini davom ettirishlari uchun patentlarning amal qilish muddatini uzaytirish zarur, deya xulosa qildi Vodolaskiy.