Moskvada reysini kutayotgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi

Moskvada yotoqxonaga joylashtirilgan O‘zbekiston fuqarolariga dori-darmon yetkazib berildi. Ular diplomatlar mablag‘lari evaziga xarid qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Diplomatlar Moskvada reysini kutayotgan o‘zbekistonliklar yordam ko‘rsatdi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Sputnik nashriga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 14-aprel kuni o‘z reysini kutayotgan 158 nafar O‘zbekiston fuqarosiga dori-darmonlar va gigiyena vositalari yetkazib berilgan. Ular Rossiyadagi diplomatlar mablag‘lari evaziga xarid qilingan.

Moskvada reysini kutayotgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi

Eslatib o‘tamiz, Moskvada yashashga imkoni bo‘lmagan o‘zbekistonliklar navbatdagi charter reyslari tashkil etilgunga qadar yotoqxonaga joylashtirilgan. Ularni Rossiyadan olib ketish masalasi 20 aprelgacha qoldirilgan.