Koronavirus pandemiyasi vaqtida eng xavfsiz davlatlar nomlari sanab o‘tildi

Tahlilchilar koronavirus pandemiyasi vaqtida inson salomatligi uchun xavfsiz bo‘lgan 30ta davlatlar nomlarini aytishdi
Sputnik

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Deep Knowlegde Group kompaniyasi analitiklari yangi shtammdagi koronavirus pandemiyasi vaqtida salomatlik uchun eng xavfsiz bo‘lgan mamlakatlar reytingini tuzdi.

Oxiri yo‘q: sog‘ayganlarda koronavirus qayta paydo bo‘lmoqda

Reytingdan 30ta davlat o‘rin oldi. Ro‘yxatni tuzishda mutaxassislar cheklovlar kiritilgan sana, mamlakat bo‘ylab harakatlanish imkoniyatlari va qabul qilingan choralar ko‘lamiga e’tibor qaratishgan.

Bundan tashqari, karantin davomiyligi, uning buzilishi holatlari, biznesni va aholini iqtisodiy tomondan qo‘llab-quvvatlash choralari haqidagi ma’lumotlar tahlil qilingan.

Tahlilchilar mamlakatlardagi sog‘liqni saqlash tizimi, koronavirusni test yordamida aniqlash ko‘lami va mamlakat resurslariga ham alohida e’tibor qaratganlar.

O‘zini qanday tutishi noma’lum - olim koronavirus haqida

Reytingga muvofiq, pandemiya vaqtida eng xavfsiz davlat bu Isroil ekanligi tan olingan. Ikkinchi o‘rinda Germaniya kelmoqda, uchlikni Janubiy Koreya yakunlagan.

Shuningdek, Deep Knowlegde Group mutaxassislari pandemiya sharoitida xatar mavjud bo‘lgan davlatlar 20taligini taqdim etganlar.

Birinchi beshlikdan Italiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Fransiya o‘rin oldi. Rossiya ushbu ro‘yxatda 12 qatorda kelmoqda.

Tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, 15-aprel holatiga ko‘ra Rossiyada koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 24 490 nafarni tashkil qilmoqda, bemorlarning 198 tasi vafot etgan.