Guterresh Trampning JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘yish qarorini tanqid qildi

Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi Donald Trampning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi qaroriga munosabat bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSh prezidenti Donald Trampning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘yish qarorini tanqid qildi. 

“Hozir JSST yoki virus bilan kurashayotgan boshqa istalgan gumanitar tashkilotning ishi uchun mablag‘larni qisqartirish vaqti emas”, - deya hisoblaydi Antoniu Guterrish.

AQSh JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘yishi mumkin

BMT bosh kotibining ta’kidlashicha, xalqaro hamjimiyat pandemiyani to‘xtatish va uning halokatli oqibatlarini yo‘qotish ustida birgalikda ishlashi darkor.

Antoniu Guterrish dunyo COVID-19 bilan jangda g‘alaba qozonishi uchun JSSTga barcha zaruriy yordam ko‘rsatilishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

14 aprel kuni Amerika yetakchisi Donald Tramp Vashington JSSTni go‘yoki tashkilot xatoga yo‘l qo‘ygani va koronavirus tarqalishi haqidagi ma’lumotlarni yashirgani tufayli moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘yishini ma’lum qildi. Tramp, shuningdek, tashkilotni tarqatib yuborishga chaqirdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb tan oldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 2 millionga yaqinlashmoqda. Ushbu infeksiyani 496 mingdan ziyod kishi yengishga muvaffaq bo‘lgan. 126 mingdan ziyod kishi koronavirus qurboniga aylangan.