Alkogol va tamakiga yangi aksiz markalari joriy etiladi

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-maydan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. 2020-yil 1-maydan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi.

Qator tamaki mahsulotlariga aksiz solig‘i kiritiladi

Bu Hukumatning “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish to‘g‘risidagi” qarorida belgilangan.

Eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan ulgurji va chakana savdo tarmog‘idagi alkogol va tamaki mahsulotlari 2021-yil 1-fevraldan markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qo‘yiladi.

Qaror bilan yangi aksiz markalari namunalari va tavsiflari tasdiqlandi.