O‘zbekistonda parvozlar qachondan qayta tiklanadi?

30 martdan 20-aprelga qadar O‘zbekistondagi barcha aeroportlar yopilib, aviaqatnovlar butunlay to‘xtatilgan.
Sputnik

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov O‘zbekistonda parvozlar qachondan qayta tiklashi haqidagi savolga javob berdi.

O‘zbekistondagi karantin qachon tugaydi?

“Respublikamizdagi aeroportlar ish faoliyati va avia parvozlarning qayta tiklanishi yoki cheklov choralarining uzaytirilishi respublika maxsus komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi”, - dedi u AOKAdagi shtabidagi brifingda.

Qayd etish joizki, O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar 20-aprelga qadar yopilib, aviaqatnovlar butunlay to‘xtatilgan.