To‘g‘ri chiqqan bashorat: serialda koronavirus haqida bundan 2-yil avval aytilgan

Koronavirus haqida 2018-yilda ishlangan Janubiy Koreya My Secret Terrius nomli serialida bashorat qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Koreyaning 2018-yilda suratga olingan “Terius orqamda” (My Secret Terrius) serialida koronavirus pandemiyasi aniq bashorat qilingan. Bu haqda Independent xabar qildi.

Xitoy koronavirusning yangi to‘lqinini bashorat qildi

Uning 10-chi epizodida, 2018-yilda turli xil viruslar bilan bog‘liq bo‘lgan halokatli kasallik haqida gap boradi, ammo oxirida u COVID-19 epidemiyasiga juda o‘xshash ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Xususan, serialda “Koronavirus nafas olish tizimini jarohatlaydi. Eng yomoni, uning inkubatsion davri – ikki kundan ikki haftagacha. Besh daqiqa so‘ng virus o‘pkani zararlantiradi. Bugungi kunda undan hech qanday dori va vaksina yo‘q”, - deydi shifokor.

Kadrlardan birida bolalarga virus tarqalmasligi uchun qo‘lni qanday yuvish kerakligi o‘qtiriladi.

Haqiqiy hayotdan farqli o‘laroq, seriyadagi virus yanada yuqumliroq qilib ishlangan.