TOShKENT, 14 apr — Sputnik.Qozog‘iston Xitoyning www.sohu.com saytida “Nima uchun Qozog‘iston Xitoyga qaytishga intilmoqda” nom ostida chiqqan maqola yuzasidan protest notasini yubordi. Bu haqda mamlakat TIVda bo‘lib o‘tgan elchilari uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.
Xitoyning Qozog‘istondagi elchii Chjan Saoga bunday maqola 2019-yil 11-sentabrda ikki davlat yetakchilari tomonidan imzolangan qo‘shma qarorida bayon etilgan, abadiy keng qamrovli strategik sheriklik ruhiga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum qilindi.
O‘shanda tomonlar axborotlarni tarqatish va OAV sohasida yaqin hamkorlik qilishga kelishib olingandi.
Pekindagi Qozog‘iston elchixonasi ham KXR TIVga tegishli nota yuborildi.