Marg‘ilonda qoidabuzar sotuvchi IIB xodimini do‘pposladi

18 yoshi sotuvchi niqob taqmasdan non sotgan. Organ xodimi undan niqob taqishni talab qilganda uni do‘pposlab tan jarohati yetkazgan.
Sputnik

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Marg‘ilonda hokimiyat vakilining qonuniy talabini bajarmay, uni do‘pposlagan fuqaro ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar qildi.

Navoiyda fuqaro IIB xodimini yo‘lning qoq o‘rtasida do‘pposladi

Ma’lum qilinishicha, 12-aprel kuni 18 yoshli D.Q. Marg‘ilon shahri markazidagi “Dehqon bozori” hududida avtomobillar to‘xtash joyiga kirish qismida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilmagan holda yuziga niqob taqmasdan non sotgan. IIB PPX va JTSB xodimi  unga niqob taqib olishni talab qilgan. Biroq D.Q. uni yuz va oyoq sohalariga urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan D.Q.ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.