O‘zbekiston va YeOII

YeOII pandemiya sharoitida urushlar va sanksiyalarni to‘xtatishga chaqirdi

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlarining rahbarlari pandemiya sharoitida urush va bir tomonlama sanksiyalarni to‘xtatishga chaqirdilar.
Sputnik

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlat rahbarlari koronavirus tarqalishi fonida barcha davlatlarni qurolli to‘qnashuvlar, savdo urushlar va bir tomonlama sanksiyalarni to‘xtatishga chaqirdilar. Bu haqda COVID-19 pandemiyasi bo‘yicha qo‘shma murojaatda aytilgan.

YeOII va COVID-19: Ittifoqdoshlar pandemiyani yengib o‘tishga qodirmi?

“Biz barcha davlatlarni xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga, ishonchni mustahkamlashga, qurolli mojarolar, savdo urushlar, moliyaviy va iqtisodiy sanksiyalarga chek qo‘yishga va xalqaro qonunlarga qat’iy rioya qilishga chaqiramiz”, - YeOII Oliy kengashining murojaatida.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kun yangi COVID-19 koronavirus tarqalishini, pandemiya deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 1,7 milliondan ortiq kishi bu virusga chalingan, 110 mingdan ziyod kishi vafot etgan.