Dunyoda koronavirusning uch turi tarqaldi – Kembrij olimlari

Kembrij universiteti olimlari koronavirusning uch turini aniqlashdi, Yevropa va Osiyoda ular bir-biridan farq qiladi. Virus paydo bo‘lish vaqti bo‘yicha – bu turlarga A, B va S indekslarini berishdi.
Sputnik

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Kembrij universiteti tadqiqotchilari tarqalgan COVID-19 koronavirusining 150 ta genomini o‘rganishdi va uch turdagi infeksiya agentini aniqlashdi.

Xitoy koronavirusning yangi to‘lqinini bashorat qildi

Tadqiqot natijalari Proceedings of the National Academy of Science ilmiy jurnalida taqdim etilgan.

Olimlar virus paydo bo‘lish vaqti bo‘yicha – bularga A, B va S indeksi bilan nomlashdi.

Ular bir-biridan aminokislotalar ketma-ketligida farqlanadi, genomdagi mutatsiyalar tufayli bu o‘zgarishlar yuzaga keldi.

A turi - ko‘rshapalaklar populyatsiyasida aylanib yuradigan koronavirusga eng yaqinroq bo‘lib chiqdi. Ta’kidlanishicha, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri yovvoyi tipdagi koronavirusdan kelib chiqqan. Uni SARS-CoV-2 “avlodi” desa bo‘ladi.

V turi - A turidan kelib chiqqan holda, ikkita asosiy mutatsiya bilan "qarindoshi" dan farq qiladi. Aynan u Uxan shahrida epidemiyani keltirib chiqardi. Natijada, B turi Osiyo uchun xarakterli bo‘lib qoldi, dunyoning boshqa qismlarida esa u keng tarqalmadi. Buning sababi, olimlarning fikriga ko‘ra, dunyo aholisining qolgan qismi ushbu virusga qarshi immunologik qarshilikka ega bo‘lishi mumkin.

Keyinchalik B turi S tur mutatsiyasiga uchradi. Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Shvetsiyadagi bemorlarda bu tur birinchi marta aniqlandi, ammo Xitoyda bu tur umuman yo‘q. Ma’lum bo‘lishicha, A va C turlari Sharqiy Osiyodan tashqarida tarqalib, asosan Yevropa va AQShda uchramoqda.