TOShKENT, 13 apr — Sputnik. “Yandeks” O‘zbekistonning yirik shaharlari alohisining o‘zini yakkalash hayot tarzi darajasini baholay boshladi.
“Tahlilchilar 5 ballga ega bo‘lgan maxsus indeksni hisoblab chiqishdi. Ball qanchalik yuqori bo‘lsa, odamlar shu qadar o‘zini yakkalash hayot tarziga rioya qilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Mamlakatning yirik shaharlari ma’lumotlari va o‘zini yakkalash ballarini “Yandeks”ning bosh sahifasi va “Yandeks.Xarita”da ko‘rib taqqoslash mumkin.
Statistika ko‘ra, o‘zbekistonliklar taxminan soat 16-martdan buyon ko‘chaga kam chiqishmoqda. Ammo o‘zlarining ko‘pa vaqtlarini yandex.uz.ning “Video” va “Kartinki” bo‘limida o‘tkazishni boshlashdi.
Eslatib o‘tamiz, 6-apreldan COVID-19 tufayli o‘zini yakkalash hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etildi. Bu fuqarolar uchun qator cheklovlarni nazarda tutadi. Shaxsning o‘zining yashash hududidagi savdo nuqtalarida birinchi galdagi hayotiy zarur bo‘lgan ehtiyojlari uchun va shifokor ko‘rigiga murojaat etishdan boshqa maqsadlarda chiqishi qat’iyan cheklanadi.