Tramp Putinga neft qazib olishni kamaytirganligi uchun minnatdorchilik bildirdi

AQSh prezidenti Putinga Saudiya Arabistoni Qirolligi va boshqa neft ishlab chiqaruvchi davlatlar bilan global energetika bozoridagi vaziyatni tinchlantirish uchun hamkorlik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 apr - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp 12-aprel, yakshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatda Rossiyaning neft qazib olishni global energetika va moliyaviy bozorlarning barqarorligiga mos keladigan darajaga qaytarish majburiyatini olqishladi, deya xabar beradi Oq uy matbuot xizmati.

OPEK+ dastlabki kelishuvi: bu bitim va u bemuhlat emas

“Prezident Tramp prezident Putinga Saudiya Arabistoni Qirolligi va boshqa neft ishlab chiqaruvchi davlatlar bilan global energetika bozoridagi vaziyatni tinchlantirish uchun hamkorlik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Prezident Tramp Rossiyaning neft ishlab chiqarishni global energetika va moliya bozorlarining barqarorligiga mos keladigan darajaga qaytarish majburiyatini olqishladi”, - deya bayonotdan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Bundan tashqari, Trampning Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdel Aziz Al Saud bilan bo‘lgan suhbati ham xuddi shu iboralar bilan tasvirlangan, AQSh prezidenti unga Rossiya va boshqa davlatlar bilan hamkorligi uchun minnatdorchilik bildirgan.