“Buning uchun kim to‘laydi”: shifokor bemorning juda ta’sirli so‘zlari bilan bo‘lishdi

Anasteziolog Derrik Smit intubatsiyadan oldin koronavirusga uchragan bemorning oxirgi so‘zlari bilan bo‘lishdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Nyu-Yorkdagi shifoxonalardan biridan anasteziolog bo‘lib ishlaydigan Derrik Smit nafas olish yo‘llari intubatsiyasidan oldin koronavirusga uchragan bemorning oxirgi so‘zlari bilan bo‘lishdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Xitoy koronavirusning yangi to‘lqinini bashorat qildi

Bu haqda u Facebook’da post yozdi. Unda og‘ir ahvolda bo‘lgan bemor haqida bayon etilgan.

“Buning uchun kim to‘laydi. Bu so‘zlarni men hech qachon unutmayman”, - deb yozgan Smit. Intubatsiya qilish kerakligi tushuntirilganda, bu iborani bemori aytdi.

Shikofor yozishicha, ko‘pchilik bemorlar bunday protseduradan keyin tuzalmaydi.

"Bu vaziyat - 12-yillik ish faoliyatimda eng mudhish holatdir”, - deb tushuntirdi anasteziolog.

Shikofor Business Insider nashri bilan suhbatda ta’kidlashicha, odamlar hatto ajal yoqasida bo‘lsa ham, pul haqida qayg‘urishi juda achinarli holat. Shifokor maxfiylik qonunlari talablariga  muvofiq bemor to‘g‘risida boshqa ma’lumot ochiqlamadi.

AQShda koronavirusga chalinganlarning soni 557 300 mingga yetdi, 22 mingdan ortiq kishi vafot etdi. Nyu-York shtatida virusni yuqtirib olishning eng ko‘p holatlari qayd etildi.