O‘zbekistonda yana 19 nafar bemor koronavirusdan shifo topdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlardan yana 19 nafari tuzalgani haqida xabar qildi.
Sputnik

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallangan yana 19 nafar bemor shifo topdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 830 nafardan oshib ketdi

Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan.

Shu tariqa, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanib tuzalib ketganlar soni 61 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda 833 kishi koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 4 nafari vafot etgan.