O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 830 nafardan oshib ketdi

O‘zbekistonda yana 37 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Kasallanganlarning soni 833 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 833 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Mordoviyada chet ellik talabalarda koronavirus aniqlandi

“2020 yil 12-aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 833 nafarni tashkil qilmoqda”, - deyilgan xabarda.

O‘zbekistonda ushbu kasallikdan 42 kishi butunlay tuzalib ketgan. To‘rt kishi esa virus qurboniga aylandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb tan oldi. 12-aprel holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 1,7 milliondan ziyod kishini tashkil etmoqda. Ushbu infeksiyani 405 791 kishi yengishga muvaffaq bo‘lgan. 108 mingdan ziyod kishi koronavirus qurboniga aylangan.