Yana 29 kishida COVID-19 aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 nafarga ko‘paydi. Kasallanganlar soni 796 taga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekistonda yana 29 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqi saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

“2020 yil 12-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 796 nafarni tashkil qilmoqda”, - deyilgan xabarda.

O‘zbekistonda ushbu kasallikdan 42 kishi butunlay tuzalib ketgan. To‘rt kishi esa virus qurboniga aylandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb tan oldi. 12-aprel holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 1,7 milliondan ziyod kishini tashkil etmoqda. Ushbu infeksiyani 405 791 kishi yengishga muvaffaq bo‘lgan. 108 mingdan ziyod kishi koronavirus qurboniga aylangan.