TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Samarqand viloyatning Kattaqo‘rg‘on shahridagi ikki qavatli uylarning birida gaz portladi.
Samarqand viloyati IIB xabariga ko‘ra, portlash 12-aprel kuni Kattaqo‘rg‘on shahar Go‘zalkent mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Bobur ko‘chasidagi ikki qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan.
“Chaqnash oqibatida ikki nafar fuqaro olgan tan jarohatlari natijasida vafot etdi”, - deyilgan xabarda.
Besh nafar fuqaro esa turli tan jarohatlari bilan Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.