AQShda Xitoyni koronavirus uchun "jazolash" taklif etildi

Amerikalik senator Lindsi Gremning aytishicha, Xitoyni shu qadar qattiq jazolash kerakki, toki u kelajakda o‘ylab ish qilsin.
Sputnik

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Amerikalik senator Lindsi Grem Fox News efirida Xitoy koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etgan amerikaliklar o‘limida va yuzaga kelgan ishsizlik uchun javobgarligini ma’lum qildi.

Koronavirusning dunyoga hujumi: 11-aprelda nimalar ro‘y bermoqda?

"Pandemiya Xitoy hukumati va uning harakatlari tufayli boshlandi. Bu Xitoy tufayli avj olgan uchinchi kasallik", - deya tushuntirgan Grem.

AQSh "Xitoyni o‘z hatti-harakatini o‘zgartirishga majbur etishi lozim", deb ta’kidlagan u.

"Men qarzimizning bir qismini Xitoyning zimmasiga o‘tkazishni boshlamoqchiman, chunki ular bizga to‘lashi kerak, biz ularga emas", - dedi senator.

Gremning aytishicha, Xitoyni shu qadar qattiq jazolash kerakki, toki u kelajakda o‘ylab ish qilsin.

Jon Xopkins nomidagi Universitet AQShda koronavirusga chalinganlar soni 500 mingdan oshib ketganini, 18 mingdan ziyod kishi vafot etishganini xabar qilmoqda.

Jasadlar ustma-ust taxlanmoqda: Malkin AQShda koronavirus pandemiyasi haqida

Ayni vaqtda AQSh koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi, o‘limlar soni bo‘yicha esa Italiyadan keyin ikkinchi o‘rinda.

Sal oldin AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyni koronavirus bo‘yicha dezinformatsiyada ayblagan edi. Pompeoga ko‘ra, Xitoy bu ishni amerika hukumatining COVID-19ga qarshi harakatlarini yo‘qqa chiqarish uchun amalga oshirgan. Xitoy TIV ushbu ayblovlarni AQSh ko‘rsatayotgan komediyaga yo‘ydi. Idora vakili Xitoy BSST va boshqa davlatlarga epidemiya haqidagi ma’lumotni o‘z vaqtida taqdim etganini ta’kidladi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi koronavirus tarqalishini pandemiya, deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 1,5 milliondan ortiq kishi ushbu virusga chalingan, 92 mingdan ziyodi vafot etgan.