TOShKENT, 10 apr - Sputnik. Amerikaning The National Interest nashri yerusti harakatlanuvchi raketa tizimlarini Rossiya qurolli kuchlarining muhim o‘ziga hos qismi deb atadi.
Sharhlovchi Kaleb Larsonning ta’kidlashicha, ushbu komplekslar shaxtada joylashgan raketalarga nisbatan harakatchan, ammo ularning himoyasi zaifroq. Xalqaro va strategik tadqiqotlar markazining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaga SSSRdan meros qolgan raketalar to‘plami miqdori va xilma-xilligi bo‘yicha dunyoda eng ko‘p sonli raketlarga ega davlatdir.
"Rossiya barcha turdagi raketalarni yaratish sohasidagi yetakchi davlat bo‘lib qolmoqda va Rossiya strategik vazifalar raketa kuchlari Moskvaning harbiy strategiyasining muhim elementini mujassam qiladi... lokal nizolarda kirishga to‘sqinlik yaratish/hududni bloklashdan boshlab boshqa qit’ada joylashgan nishonga strategik yadro qurolini yetkazishgacha", - deb eslatadi NI.
Shu bilan birga, muallif ta’kidlashicha, Kaliningrad viloyatida raketa tizimlari joylashtirilmoqda va ular yordamida Rossiya "Boltiq dengizining bir qismini to‘sib qo‘yishi mumkin".
Nashrda aytilishicha, Rossiyada "Tochka" raketasining bir nechta versiyalari mavjud. Raketa tizimi 1975-yilda ishlab chiqilgan va qabul qilingan. U kuchlarni, vositalarni va taktikalarni ishlatishda katta moslashuvchanlikni beradi. Bundan tashqari, raketa tankga qarshi, radiolokatsion tizimlarga qarshi va piyodalarga qarshi jangovar kalla, shuningdek uchish-qo‘nish yo‘lagiga zarar yetkazadigan jangovar qismlar bilan jihozlanishi mumkin.
"Bundan tashqari, o‘n yoki yuz kiloton quvvatga ega maxsus yadroviy "bosh qismi" ham mavjud", - deb eslatdi Larson.
Raketani tashiydigan tashuvchi, yo‘llardan tashqarida harakatlanishi hamda suv to‘siqlarini ham yengib o‘tishi mumkin.
NI ta’kidlaganidek, "Tochka" o‘rniga "Iskander" kelmoqda, u uzoqroq masofaga zarba berishi va yanada kuchliroq jangovar qismga ega. Raketani nishonga yo‘naltirish uchun GLONASS tizimidan foydalaniladi, shuningdek hudud relyefini kuzatish uchun inersial tizim va radiolokatsion tizim qo‘llaniladi.
"Bu nishonga juda aniq uruvchi raketadir. Uning aniqlik ehtimoliy xatosi besh metrdan o‘n metr aylanmagacha", - deya ta’kidladi Larson.
Ishga soluvchi qism tomi zirhlangan - bu raketani yaxshiroq himoya qilishga imkon beradi.
Shuningdek sharhlovchi, bir nechta joylashtirilish variantlariga: havo, dengiz va quruqlikdagi joylanishga ega Yaxont (Oniks) raketalar oilasini eslatdi. Ta’kidlanishicha, yer usti raketalari Indoneziya va Vyetnamga eksport qilinadi. Bundan tashqari, Rossiya va Hindiston BraMos raketasini yaratdilar, Larsonning so‘zlariga ko‘ra, u Yaxontning eksport versiyasiga o‘xshaydi.
Rossiyaga SSSRdan meros qolgan ba’zi raketalar va qurilmalar biroz eskirgan bo‘lishiga qaramay, ular Yevropada ziddiyat vujudga kelgan taqdirda Boltiq dengizini to‘sib qo‘yish uchun ishlatilishi mumkin.