YeOII kelasi haftada koronavirus bo‘yicha onlayn-sammit o‘tkazadi

Belarus bosh vaziri o‘z chiqishi davomida YeOII davlatlari iqtisodiyotni yurg‘izishda dollarga tobelik darajasini jiddiy kamaytirish lozimligi haqida gapirgan
Sputnik

TOShKENT, 10 apr - Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari (YeOII) yetakchilari kelasi haftada yangi turdagi COVID-19  koronavirusi taraqalishiga qarshi kurashishda umumiy sa’y-harakatlarga bag‘ishlab videoanjuman formatida muzokaralar o‘tkazadilar.

YeOII va COVID-19: Ittifoqdoshlar pandemiyani yengib o‘tishga qodirmi?

Bu haqda jumani kuni videoaloqa shaklida o‘tayotgan YeOII hukumatlararo kengashi majlisi davomida Belarus bosh vaziri Sergey Rumas xabar berdi.

Rumasning fikricha, muzokaralar davomida inqirozdan keyingi davrda iqtisodiy rivojlanish masalalarini muhokama qilish ham muhim ahamiyatga ega.

Belarus bosh vaziri o‘z chiqishi davomida YeOII davlatlari iqtisodiyotni dollarlashuvdan xalos etishga jiddiy bel bog‘lashlari kerakligi, narxlarni shakllantirishda va hisob-kitoblarda milliy valyutalardan kelib chiqish lozimligini qayd etgan.