Koronavirus bosh miyani jarohatlashi mumkin – Rossiya olimlari

Koronavirus infeksiyasiga chalinish bosh miyaning jiddiy jarohatiga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi rossiyalik olimlar.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Koronavirus infeksiyasiga chalinish bosh miyaning jiddiy jarohatiga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi rossiyalik olimlar. RIA Novosti xabariga asosan.

Olimlar koronavirusni davolashning yangi usulini topishdi

Sankt-Peterburg politexnika universiteti professori, molekulyar virosologiya va onkologiya sohasida tadqiqotlar rahbari Andrey Kozolovning fikriga ko‘ra, gripp va gerpes virusi singari  koronavirus miyaning butun bir qismlarini nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin.  

Ayrim COVID-19 bemorlarda o‘pka jarohatlanmagan, biroq ularda parishonxotirlik va epileptik alomatlar kuzatilgan.

Avvalroq qayd etilganganidek ta’m va hidning yo‘qotish bilan birga, bunday alomatlar miya to‘qimalarining koronavirusga uchraganini ko‘rsatishi mumkin.

Bundan tashqari, koronavirusga chalingan insonning immun tizimi qonga ko‘p miqdorda sitokin moddasini ishlab chiqaradi, bu esa ensefalopatiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Tumen davlat universiteti biologiya instituti xodimi Nikolay Karpovning so‘zlariga ko‘ra, ortiqcha sitokin qon tomirlari devorlariga zarar yetkazishi mumkin, keyin esa miyaga qon qo‘yilishi mumkin.

“Virus gematoensefal to‘siq orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri miya to‘qimalariga kirib borishi mumkin” – deydi Karpov.