Qoraqalpog‘istonda yangi harbiy qism tashkil etildi

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug tasarrufidagi Nukus garnizonida yangi harbiy qism tashkil etildi. Tafsilotlar bizning materialimizda
Sputnik

TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Nukusda yangi harbiy qism tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati.

O‘zbekiston armiyasi nima uchun koronavirusdan qo‘rqmaydi

Harbiy qismning tantanali ochilish marosimida harbiy okrug mas’ul ofitserlari va harbiy qism shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

"To‘liq yangidan qurib foydalanishga topshirilgan harbiy qism bino va inshootlari eng zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Qulay va shinam mashg‘ulot xonalariga ega. Barcha sharoitlar badastur. O‘ylaymizki, ushbu qulayliklar yurt himoyachilariga manzur bo‘ladi", - deyiladi xabarda.

Qoraqalpog‘istonda yangi harbiy qism tashkil etildi

So‘zga chiqqanlar ushbu harbiy qism harbiy xizmatchilari o‘z zimmalaridagi sharafli vazifani mas’uliyat bilan ado etib, doim oldingi saflarda bo‘lishiga tilak bildirishdi.