"Qisqartirish vaqtimas". BSST Tramp bayonotiga javob berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp asosan AQSh hisobidan moliyalashtiriladigan Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bugungi kundagi bor e’tibori Xitoyga qaratilganini tanqid qilgan edi
Sputnik

TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hozirda butun dunyoni qamrab olgan COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash o‘tkir tus olgan bir vaqtda BSST tomonidan bo‘ladigan moliyalashtirishni keskin qisqartirish mumkin emasligi haqida bayonot e’lon qildi.

Koronavirus pandemiyasidan keyin dunyo siyosatida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?

Sal oldin rasmiy Vashington BSST tomonidan moliyalashtirilish to‘xtatilishi mumkinligini istisno etmagan edi. Xususan, AQSh prezidenti Donald Tramp asosan AQSh hisobidan moliyalashtiriladigan Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bugungi kundagi bor e’tibori Xitoyga qaratilganini tanqid qilgan edi.

"Mintaqaviy direktor sifatida men BSSTga a’zo bo‘lgan 53ta davlat uchun javobgarman, va men sizga yo‘q deyman. Biz hali ham ushbu pandemiya fazasidamiz. Shunday ekan, hozir moliyalashtirishni qisqartiradigan vaqt emas", - dedi BSST yevropa bo‘linmasi direktori Xans Klyuge. 

Sal oldin AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘yishi mumkinligini istisno qilmagani haqida xabar bergan edik.