Rossiya Trampning Oyni o‘zini qilib olish farmoniga qanday munosabat bildirdi – video

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShga Oydagi zaxiralarni qazib olish huquqini beruvchi farmonni imzoladi.
Sputnik

Roskosmos Trampning ushbu farmonini boshqa planetalarni egallab olish deb atadi.

“Kosmosni ekpropriatsiya qilish va boshqa sayyoralarning hududlarini egallab olish uchun tajovuzkor rejalarni amalga oshirishga urinishlar mamlakatlarni samarali hamkorlikka chorlashi dargumon. Tarixda o‘z manfaatlarini ko‘zlab hududlarni egallashni boshlashga qaror qilgan mamlakatlar va ular buning oqibatida nimaga duch kelgani haqida ko‘p misollar bor”, - dedi Roskosmos bosh direktorining xalqaro hamkorlik bo‘yicha o‘rinbosari Sergey Savelyev.

Roskosmos Trampning Oy zaxiralarini o‘zlashtirish to‘g‘risidagi farmonini tajovuzkor deb topdi

Shunga o‘xshash fikrni Rossiya Federatsiya kengashi bildirdi.

“Yerda butun dunyo koronavirus bilan kurashayotgan vaqtda Tramp o‘zining farmoni bilan fazoni egallab olishga urinmoqda. Bu hazil emas”, - dedi Rossiya Federatsiya kengashining halqaro qo‘mita rahbari Konstantin Kosachev.

Ekspertlar Trampning so‘nggi farmonini ichki iste’molga qaratilgan propaganda qadami deb hisoblaydi. Bu yil AQShda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi, unda Tramp g‘olib bo‘lmoqchi. Bunga koronavirus pandemiyasi va iqtisod inqirozi fonida erishish qiyin bo‘ladi.

AQShning fazodagi bosqinchilik rejalariga nazar-pisand qilmaslik yaramaydi.