Odil Ahmedov Namangan xalqi uchun 600 mln so‘mlik xayriyaga qo‘l urdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Namangan aholisi uchun tibbiy mahsulotlar partiyasini jo‘natdi.
Sputnik

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori – hozirgi kunda Xitoyning “Shanxay SIPG” klubida to‘p surayotgan Odil Ahmedov Xitoydan O‘zbekistonga maxsus insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi Namangan aholisi uchun tibbiy mahsulotlar partiyasini jo‘natgan.

Odil Ahmedov Namangan xalqi uchun 600 mln so‘mlik xayriyaga qo‘l urdi

Taxminan 600 mln so‘mni tashkil etuvchi ushbu insonparvarlik yuklari tez kunlarda mamlakatga kirib keladi va Namangan xalqiga yetkaziladi.