"Lazgi" xalqaro festivalini sentabrda o‘tkazish taklif etildi

O‘zbekiston prezidentining "Lazgi" xalqaro raqs festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Sputnik

TOShKENT, 8 apr - Sputnik. "Lazgi" xalqaro raqs festivalini o‘tkazish to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Xorazm “Lazgi”si YuNESKO madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

Hujjat loyihasiga ko‘ra, "Lazgi" xalqaro raqs festivalini 2022-yildan e’tiboran an’anaviy tarzda har ikki yilda bir marta sentabr oyining ikkinchi yarmida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Festival doirasida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, statuetka va pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi Abdujabbor Abduvaxitov zimmasiga yuklatilgan.