Tojikiston bemor koronavirusdan vafot etgani haqidagi xabarni rad etdi

Kuni kecha OAVlarda Xo‘janddagi markaziy shifoxonada 60 yoshli bemor koronavirusdan vafot etgani to‘g‘risida xabar paydo bo‘ldi. Buning ortidan hukumat tomonidan shifoxonani karantinga yopilgani aytilgan.
Sputnik

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi So‘g‘d viloyati Jabbor Rasul tumani shifoxonasida 60 yoshli Xabibulo Shodiyev koronavirusdan vafot etgani haqidagi xabarni rad etdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Nima uchun Tojikistonda koronavirus yo‘q – asosiy versiyalar

Kuni kecha OAVlarda Xujanddagi markaziy shifoxonada 60 yoshli bemor koronavirusdan vafot etgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Buning ortidan hukumat tomonidan mazkur shifoxona karantinga yopilgani aytilgan. Shuningdek, go‘yoki qarindoshlar vafot etgan kishi Qirg‘izistonda to‘yda bo‘lganini ma’lum qilishgan.

Vazirlik xabarida aytilishicha, erkak pnevmoniya oqibatida vafot etdi. Uning koronavirusga testi salbiy natijani ko‘rsatdi.

“Vafot etgan kishining qarindoshlaridan koronavirusga tahlil olindi va kasallik tasdiqlanmadi. Bemorni davolagan shifokorlardan ham tahlin olindi va salbiy natijani berdi. Haqiqatda shifoxona karantin joriy etilgan, lekin boshqa sabablarga bog‘liq. Tojikistonga xorijdan kelgan fuqarolar tufayli karantin joriy etilgan” – deb ta’kidladi vazirlik xodimi.

Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘istondan kelayotgan barcha fuqarolar karantinga olinmoqda. Shifoxonalarda ehtiyot choralari ko‘rilmoqda.