TOShKENT, 6 apr - Sputnik. Kornavirusni profilaktika qilishning samarali uslubi faqat bitta dedi, Rossiya Markaziya Epidemiologiya ilmiy-tekshirish istituti ilmiy ish bo‘yicha direktor o‘rinbosari, RFA a’zosi, professor Aleksandr Gorelov. RIA Novosti xabariga asosan.
"Infeksion kasalliklarni, jumladan COVID-19ni oldini olish uchun insoniyat hozircha vaksinadan bo‘lak hech narsa o‘ylab topgani yo‘q. Vaksina odamzodga qo‘shimcha 25-yil umr sovg‘a qilgan", - deydi epidemiolog.
Professor aytishiga qaraganda bugungi kunda mavjud bo‘lgan grippga qarshi vaksinalar koronavirusdan himoya qilmaydi. Ayni damda vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha haqiqatdan ham musobaqa bo‘lmoqda. Dunyoning 20 ta yetakchi kompaniyalari bu borada o‘z vaksinalarini ishlab chiqishga harakat qilmoqda. Lekin ushbu jarayon oson bo‘lmayapti, chunki koronavirusga sezgir bo‘lgan tajriba hayvonlari topish qiyin bo‘lmoqda. bu vaksina ishlab chiqarish muddatini ortga surmoqda.
Shifokor bu borada dunyo hamjamiyati o‘z sa’y-harakatlarini birlashtirishi va oqibatda insoniyat eng samarali vaksinadan foydalanishi tarafdori ekanini ta’kidladi.
JSST xabariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 1,15 million kishiga yetgan. Undan 63 ming kishi vafot etgan. Rossiyada ayni damda qayd etilgan kasallar soni 5389 kishini tashkil qilmoqda. Ulardan 3900 ga yaqini Moskvada qayd etilgan. O‘zbekistonda COVID-19 ga chalinganlar soni 390 kishini tashkl qilmoqda.