Bolalar karantinda: ko‘krak sutidan vaksina va onalar uchun layfxak

Karantin holatida emizikli va yosh bolalari bo‘lgan onalar juda zaif ahvolda qoldi. Toza havoda yurish cheklangan yoki umuman yo‘q. Pediatr Natalya Gracheva bu kunlarda odam o‘zini qanday tutishi kerakligi borasida so‘zlab berdi.
Sputnik

TOShKENT, 6 apr - Sputnik. Qat’iy karantin sharoitida bugungi kunda hech kimga oson emas. Eng ko‘p tashvishlar, muammolar va qo‘rquvlar yosh bolali ota-onalarda. Sayrga chiqsa bo‘ladimi? Ularni qanday boqish kerak? Uyga kirib kelmasligi uchun nima qilish kerak? Emlatish kerakmi yoki uyda qolish yaxshiroqmi? Sputnik O‘zbekiston shu va boshqa savollar bilan pediatrga murojaat qildi.

- Karantin sharoitida bolaning sog‘ligida nimaga e’tibor berish kerak?

Avvalo, onalar chaqaloqning haroratiga, burnining oqishi, yo‘tal, ich ketishining har qanday ko‘rinishi, qayt qilishi, ishtahaning yomonlashishi, tishlari chiqishi, hasharotlar chaqishi, surunkali takrorlanuvchi allergik reaksiyalar yoki surunkali kasalliklarning kuchayishilarini kuzatishi kerak. Ammo bu favqulodda vaziyatlar emas va ko‘p hollarda muammo o‘z pediatringiz yoki boshqa shifokorlar yordamida masofadan turib hal qilinadi.

Biroq, darhol kasalxonaga murojaat qilishni talab qiladigan holatlar mavjud. Masalan, odatdagi isitmani tushiruvchi vositalar bilan yengib bo‘lmaydigan holatlarda, xususan, uch oylik chaqaloqlarda, tomir tortishiga moyil bolalarda, shuningdek, og‘ir surunkali kasalliklari, va ayniqsa birinchi bor kuzatilayotgan o‘tkir allergik reaksiyalari bo‘lgan holatlarda.

Bolalar karantinda: ko‘krak sutidan vaksina va onalar uchun layfxak

- Bolani ehtimoliy kasal yuqishidan qanday himoya qilish kerak?

- Bir yoshgacha va hatto uch yoshgacha bo‘lgan chaqaloqda osonroq. Ularning hayotida bu kunlada ko‘p o‘zgarishlar bo‘lmaydi, faqatgina sayrlar kamaydi yoki umuman ko‘chaga chiqish yo‘q. Qolganlarning barchasi - ovqatlanish, rejim, darslar - barchasi ilgariday. Izolyatsiya va karantin sharoitida ushbu bolalarning sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir ko‘rsatilmaydi, chunki ular ko‘cha bilan aloqada bo‘ylmaydilar, va natijada ular o‘tkir yuqumli kasalliklarga duch kelmaydilar.

Bolalar bog‘chasiga borganlarda aksincha - bu kunlarda ular muayan muammolarga duch kelishmoqda. Birinchidan, bu uyqu buzilishi, chunki karantindagi oila rejimi odatdagi rejimdan juda farq qilishi mumkin. Kech o‘yg‘onishlar, albatta, bolaning kunduzgi uyqusiga ta’sir qiladi. Bunday holda, kunduzgi uyqudan kechqurun o‘z vaqtida yotqizish foydasiga butunlay voz kechish yaxshiroqdir. Ovqatlanish ratsioni ham o‘zgaradi: ko‘plab bolalarda ich qotishi paydo bo‘ladi. Menyuga, ichimlik ichish rejimiga rioya qilish va bolaning faol bo‘lishiga imkon berish juda muhimdir.

O‘zbekistonda bolalar 14 yoshdan ota-onalaridan aliment undirishlari mumkin

Har qanday yoshdagi bolalar uchun, ko‘chaga chiqish zaruriyati paydo bo‘lsa, tibbiy niqob va qo‘llar uchun sanitayzer talab qilinadi. Ikki yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar uchun aravachada qolish yaxshiroqdir - shu bilan siz ko‘chadagi buyumlarga tegmaslikning oldini olasiz. Yoshi kattaroqlarini qo‘lda ushlab turish kerak, ularga zinapoya ushlagichlari, eshik tutqichlari, do‘kon javonlarini tegishni taqiqlash kerak. Uyda, ko‘chadan kelgan odamlar hammomdan o‘tib, kiyimlarini uy kiyimiga almashtirmaguncha bolaga yaqinlashmasliklari kerak. Koridorda iflos poyabzallarni va shu poyabzal qadam bosgan joyni berkitishga harakat qiling, bolani eshik oldiga borishiga yo‘l qo‘ymang.

- Hozirda ko‘chalarda ancha kam transport harakatlanishi va havo sezilarli darajada tozalanganiga qaramay, onalar bolalari bilan sayr qilishga chiqishga shoshilmayaptilar. Bu, albatta, to‘g‘ri - mamlakatda karantin. Ammo bolalarda kislorod yetishmovchilik va jismoniy faollik qanday qoplanadi?

- Agar hovli yoki balkon bo‘lmasa, derazalarni tez-tez oching, havoni almashtiring - ob-havo ularni kun bo‘yi ochiq saqlashga imkon beradi. Agar balkoningiz bo‘lsa, unda bolalar uchun piyoda yurish hududini tashkil qiling - stulchalar, stolchalar qo‘ying, o‘yinlar tashkil qiling. Agar panjara bo‘lmasa, u yerda ularning xavfsizligini ta’minlang. Har qanday holatda ham, yoshidan qat’iy nazar, derazalari ochiq bo‘lgan xonalarda yoki balkonda bolalarni qarovsiz qoldirmang. Yonida kattalar bo‘lmasa, derazalarni yoping va qulflang. Bolaning hayoti va xavfsizligi, albatta, havo vannalaridan ko‘ra muhimroqdir.

- Emizayotgan onalar koronavirus haqida tashvishlanishi kerakmi? Kimdir emizishni davom ettirmoqda, kimdir xavfdan qochish uchun suniy ozuqaga o‘tishni afzal ko‘rmoqda. Bu qanchalik to‘g‘ri?

Koronavirusdan nega qo‘rqish kerak emas – biolog Shohida Sultonova bilan eksklyuziv intervyu

- Bunday vaziyatda ko‘krak suti bilan emizishning foydalari ayniqsa ravshan. Ko‘krak suti nafaqat to‘yintiradi, balki bolaga antitela berib himoya qiladi. Ko‘krak suti bilan boqish uchun mutlaq taqiqlar ko‘p emas. Ko‘p kasalliklarda, shu jumladan yuqumli kasalliklarda, ona emizishi mumkin va kasallik paytida u infeksiyalarga qarshi tayyor antitelalarga ega sut-vaksinani ishlab chiqadi. Bundan tashqari, steril bo‘lmagan shishadan yoki soskadan infeksiyani orttirib olish xavfi ko‘p.

Bundan tashqari, sut har doim yaqindadir, ko‘krak "bo‘sh" bo‘lib tuyulsa ham, u doim bor. Sut bilan muntazam ravishda ovqatlantirish jarayoni davomida sut o‘zi ishlab chiqariladi. Karantin qanday taqiqlarni joriy qilmasin, farzandingiz qorni to‘q bo‘ladi. Va bu asosiysi, chunki u grechka yemaydi va ertami-kechmi aralashmani olish uchun do‘konga xoh transportda xoh piyoda borish kerak bo‘ladi. Bu hozirda shahar bo‘ylab harakatlanish taqiqlanganligi sababli qiyindir, shuningdek, oilani do‘konda infeksiyani ilashtirish xavfiga duchor qiladi.

- Rejali emlashlar haqida nima deyish mumkin? Emlash kunida chaqalog‘i bilan faqat bitta ona emlash uchun kelgani holatlar ham uchrab turipti, ammo emlov amalga oshirilmagan. Masalan, bitta bola uchun AKDS ampulasi ochilmaydiku.

Shu yaqin kunlarda, JSST pandemiya paytida muntazam emlashni bekor qilmaslik bo‘yicha tavsiyalar berdi, ammo unda protsedurani kechiktirish mumkin bo‘lgan shartlar mavjud. Qat’iy karantin paytida emlashni kechiktirish maqsadga muvofiqdir. Birinchidan, izolyatsiyadagi bola infeksiyaning ehtimoliy manbalari bilan aloqa qilmaydi, ya’ni infeksiya xavfi nolga teng. Ikkinchidan, kiritilgan cheklovlar tufayli klinikaga yetib borish qiyin. Bunday qaror foydasiga yana bir dalil shundaki, vaksinaning salbiy reaksiyasi vujudga kelsa, malakali tibbiy yordam bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga keladi. Tez yordam xizmatlari haddan tashqari ishi ko‘p, bolalar shifoxonalarining aksariyati yopiq.

Pandemiya va karantin normal sharoitda o‘z vaqtida emlash muhimligini ko‘rsatdi. Agar barcha bolalar o‘z vaqtida emlanganida edi, bugungi kunda bu savol juda kam sonli chaqaloqlarga tegishli bo‘lar edi: tom ma’noda 2-3 oylik chaqaloqlar va bir yoshgacha bo‘lgan bolalar. Aynan ular birinchi emlovlarni olishlari lozim. Afsuski, asossiz tibbiy sabalar tufayli kichik bemorlarning katta qismi noaniq muddatlarga emlanmay qolib ketmoqda. Ushbu bolalar emlanmagan bolalarni himoya qiladigan immunitet qatlamini yaratishi mumkin edi.

Yaxshiyamki, fevral oyida yosh o‘zbekistonliklar qizamiqqa qarshi vaksinani oldi. Hozirgi voqelikda bu juda ma’qul.

- Karantin sharoitida malakali tekshiruvlar qanday o‘tkaziladi?

- Epidemiya vaqtida barcha rejalashtirilgan tekshiruvlar bekor qilinadi. Bu kasbiy ko‘riklar, dispanserizatsiya, rejalashtirilgan operatsiyalar va reabilitatsiya choralariga tegishli. Tibbiy muassasalarga murojaat qilish faqat favqulodda vaziyatlar va hayot uchun xavfli bo‘lgan holatlaridagina mumkin. Bu aholini ehtimoliy yuqtirgan fuqarolar bilan aloqa qilishdan himoya qilish, shuningdek tibbiy xodimlarga yukni kamaytirish uchun amalga oshiriladi.

Xitoy o‘zbekistonlik bolalar uchun koronavirus haqida komiks yaratdi

- Karantin e’lon qilinganligini hisobga olib, yosh bolalarning ota-onalariga nimani tavsiya etasiz?

- Oilada karantin sharoitida odatiy hayotimizga yaqin muhitni, yaxshi kayfiyat va xotirjamlikni imkon qadar saqlash juda muhimdir. Bolalar - bu empatlar, hatto eng kichigi ham oiladagi kayfiyatga sezgir. Kichkintoylaringiz bilan faol dam olish haqida rejalashtirib chiqing. O‘zingiz ham shovqinli o‘yinlarni tashkil qilib, ularda qatnashsangiz, bu sizga zavq bag‘ishlaydi va hursand qiladi. Albatta o‘qituvchilar meni kechirishsin, lekin bolalarni keraksiz darslar bilan yuklamang, mashqlar va misollarni yuz martalab ko‘chirtirib hayotlarini murakkablashtirmang. Bolaga yoqadigan vazifalarni faqat bajaring, boshqa hollarda murosaga keling. Aks holda, sizning karantiningiz og‘ir mashaqqatga yuz tutadi.

Umumiy tavsiyalardan sog‘lom ovqatlanish, optimal rejim va muntazam faollikni qayd etmoqchiman. Karantin ota-onalar uchun yomon odatlardan xalos bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatdir. Agar chekayotgan bo‘lsangiz, chekishni tashlashga harakat qiling yoki nikotin iste’mol qilishni minimal darajada tushiring. O‘z bolalaringiz haqida o‘ylang, ular siz bilan bir xonadonda kun bo‘yi bo‘lib, passiv chekishdan aziyat chekmoqdalar, o‘zlarining sog‘lig‘iga putur yetkazmoqdalar.

- Izolyatsiyaning murakkab davrida ota-onalarga qanday layfxaklarni aytib bera olasiz?

- Mening katta oilalarga maslahatim bor. Bolalarni meva va sabzavotlarni iste’mol qilishga undash uchun ularga har kuni ertalab meva-sabzavot (albatta yuvilgan!) to‘plami solingan  savatcha yoki quticha beriladi. Keyin bu super karantinchilar uchun maxsus ozuqa ekanligini aytish kerak. Kim kechqurungacha hammasini yeb olsa, ertalab yangi bo‘lagini oladi. Ishoning, bolalar hatto piyozlarni ham yeb tashlaydilar.

Kirish honasidagi iflos poyabzalga qaytsak. Polga rangli izolenta yopishtirib qo‘ying - uni bosib o‘tish mumkin emas. Barcha poyabzal, ish kiyimlari, ishlatilgan niqoblar va qo‘lqoplar shu yerda qoldirilishi kerak. Shu yerning o‘zida axlat qutisini, dezinfeksiyalash vositasini va spirtni qoldiring, shunda uyga kirganingizda, o‘zingizga eshik oldida iloji boricha shu vositalar yordamida ishlov bering.

Salomat bo‘ling va bolalaringizni ehtiyot qiling!