Beminnat yordam: Toshkentdagi xayriya yordam markazi qanday ishlamoqda

Sputnik

Ko‘ngilli yoshlardan iborat operatorlar 1197 qisqa raqami orqali yordamga muhtoj shaxslar, yordam berishda o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar va xayriya qilishni istovchi fuqarolar ma’lumotlarini qabul qilishni boshlagan.

Markazning birinchi kunida shaharning 11 tumanidagi 770 oilaga kundalik eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat (tovuq go‘shti, un, guruch, kartoshka, piyoz, shakar, yog‘, makaron) mahsulotlari yetkazib berilgan. Bunda 100 nafar ko‘ngillilar bevosita qatnashgan.

Markazga qo‘ng‘iroqlar ko‘payganligi va bog‘lanishda kutish hollarini oldini olish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida yana qo‘shimcha telefon apparatlari ikki baravar ko‘paytirildi va aloqa tizimi yaxshilandi.

Xayriya markazida tasvirga olingan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

1 / 11
Markazga kirish qismi, barcha fuqarolar dezinfeksiyadan o‘tkaziladi.
2 / 11
Markazga kirishda hammaga maxsus kiyim beriladi. Hududga faqat ko‘ngillilar va markaz xodimlariga ruxsat beriladi.
3 / 11
Markaz asosiy maqsadi - koronavirus pandemiyasi davrida xayriya mablag‘larini ehtiyojmand shaxslarga manzilli va tegishli sanitar-gigiyenik talablarga mos ravishda yetkazishdir.
4 / 11
Markaz asosiy maqsadi - koronavirus pandemiyasi davrida xayriya mablag‘larini ehtiyojmand shaxslarga manzilli va tegishli sanitar-gigiyenik talablarga mos ravishda yetkazishdir.
5 / 11
1197 qisqa raqami orqali yordamga muhtoj shaxslar, yordam berishda o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar va xayriya qilishni istovchi fuqarolar ma’lumotlarini qabul qilinadi
6 / 11
1197 qisqa raqami orqali yordamga muhtoj shaxslar, yordam berishda o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar va xayriya qilishni istovchi fuqarolar ma’lumotlarini qabul qilinadi
7 / 11
Xayriya markazi mas’ul xodimi Alisher Sa’dullayev.
8 / 11
Oziq-ovqat, tibbiy vositalar sanitar-gigiyenik talablarga muvofiqligini ko‘rikdan o‘tkaziladi, taqsimlanadi va manzilga yetkazilgunga qadar sanitar-gigiyenik talablarga muvofiq saqlanishi ta’minlanadi.
9 / 11
Markazda yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar (yolg‘iz onalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ishsiz fuqarolar, karantin tufayli doimiy daromaddan ayrilgan shaxslar va h.k.) hamda kam ta’minlangan oilalar ro‘yxati shakllantiriladi.
10 / 11
Markazda yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar hamda kam ta’minlangan oilalar ro‘yxati shakllantiriladi.
11 / 11
Oziq-ovqat, tibbiy vositalar va boshqa kerakli mahsulotlar sotib olinmoqda.