Sog‘lom odamlarga niqob shart emas – BSST

BSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, sog‘lom odamlar niqob taqishi talab etilmaydi va niqob o‘zi COVID-19’dan himoyani kafolatlamaydi.
Sputnik

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Sog‘lom odamlar niqob taqishi talab etilmaydi va niqob o‘zi COVID-19’dan himoyani kafolatlamaydi.

Prezidentlar maxsus niqoblari - foto

Bu haqda RIA Novosti’ga Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) rasmiy vakili Tarik Yazarevich.

“Pozitsiyamiz o‘zgargani yo‘q. Sog‘lom odamlar niqob taqish shart emas. Kimda kasallik alomatlari bo‘lsa ular boshqalarni himoya qilish uchun niqob taqishlari shart. Shuningdek, bemorlarga qarayotgan kishilar, masalan, uyda niqob taqishi kerak, chunki ular kasallik yuqtirib olishi mumkin”, - dedi u.

BSST vakili so‘zlariga ko‘ra, “niqob o‘zi virusdan himoya qilish uchun kafolat bo‘la olmaydi“.

“Niqob boshqa choralar bilan qo‘llanishi kerak. Muammo shundaki, odamlar niqob taqqanda xavfsizlikka ega bo‘lishi haqida yolg‘on fikrga keladi. Ular qo‘lni yuvish kabi boshqa narsalarni unutishadi. Bundan tashqari, niqobni to‘g‘ri taqishni bilmasangiz, odatdagidan ko‘ra, yuzingizga tegish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi”, - dedi Yazarevich.

Mutaxassis ta’kidlashicha, dunyodagi shifokor va tibbiyot mutaxassislari, birinchi navbatda, barcha zarur himoya vositalariga yetarli miqdorda ega bo‘lishi kerak: niqoblar, himoya ko‘zoynaklari va qo‘lqoplar. Bunga faqat fuqarolar tomonidan bu materiallarni ommaviy sotib olishni cheklash orqali erishish mumkin.