Qozog‘istonda ishini yo‘qotgan fuqarolarga yordam puli beriladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev ishini yo‘qotgan aholiga har oyda yordam puli berilishi yuzasidan topshiriq berdi.
Sputnik

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Qozog‘istonda ishini yo‘qotgan aholiga bir minimal oylik miqdorida 42 500 tanga (100 dollarga yaqin) yordam puli beriladi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Qozog‘iston chegarasida qolib ketgan o‘zbek migrantlari harbiylar kuzatuvida olib kelindi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev koronavirus epidemiyasi sababli mamlakatda favqulodda vaziyat joriy etilgani tufayli o‘z ishini yo‘qotgan aholiga yordam puli bilan ta’minlash yuzasidan topshiriq berdi.

Favqulodda vaziyat davrida aholi har oyda yordam puli olishni boshlaydi. Bu ko‘mak 3 milliondan ziyod fuqaroga berilishi mumkin.

Vaqtincha ishsiz qolgan va daromad yo‘qotgan kishilar egov.kz portaliga ariza berishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda COVID-2019’ga chalingan soni 448 taga yetdi.