Koronavirusga chalinganlarning 4 nafari og‘ir ahvolda - Nurmat Otabekov

Koronavirusga chalingan bemorlar soni 221 nafarga yetdi, ulardan 25 nafari sog‘aygan, ammo 4 nafari ahvol og‘irligicha qolmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 3 mar - Sputnik. O‘zbekistonda qayd etilgan koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari og‘ir ahvolda, bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Atabekov ma’lum qilgan.

O‘zbekistonda yana 13 kishi koronavirusdan butunlay sog‘aydi

"Koronavirusga chalingan bemorlarning 17 nafarida pnevmaniya belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og‘ir, ikki nafari esa nisbatan og‘ir deb baholanmoqda. Vaziyat murakkablashib borayotganini hali to‘liq anglab yetmadik, chamasi. Haligacha karantin talablarini buzayotgan, bemaqsad ko‘chalarda kezib yurish, tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga amal qilmaslik holatlari uchrab turibdi", - degan Otabekov.

Shuningdek, kasallik alomatlari kuzatilsada, beparvolik bilan qarab, o‘z vaqtida shifokorlarga murojaat qilmay, ahvoli og‘irlashgandan keyin shifoxonaga murojaat qilayotganlar ham bor, deb qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan kishilar soni 221 nafarga yetdi.

Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus infeksiyasi -  COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgan edi. 3 aprel soat 09.30 holatiga dunyoning 204 davlatida jami 1 015 877 nafar bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ulardan 212 992 nafari sog‘aygan, 53 217 nafari vafot etgan, 37 654 nafar bemorlar og‘ir ahvolda qolmoqda.