O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 187 nafarga yetdi

Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 6 taga oshib, 187 nafarni tashkil etmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 6 taga oshdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning yana to‘rt nafari shifo topdi

“Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 6 taga oshib, 187 nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan xabarda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning 203 davlatida jami 935 mingdan ziyod nafar bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ulardan 194 mingdan ziyodi kasallikdan forig‘ bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. 47 mingdan ziyod esa virus qurboniga aylangan.

O‘zbekistonda ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar 12 kishini tashkil etmoqda. SSV xabariga ko‘ra, tez orada yana o‘n nafar bemorga javob beriladi.