O‘zbekistondagi karantin qachon tugaydi?

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i eng ko‘p so‘ralayotgan savollarga javob qaytardi.
Sputnik

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. AOKAdagi brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarga javob qaytardi.

- Respublikada boshlangan karantin qachon tugatiladi?

- Karantin oxirigi aniqlangan bemor shifoxonaga yotqizilgandan keyin (alohidalangandan) 14 kun o‘tgandan keyin va bu holatga to‘liq ishonch hosil qilgandan keyin karantinni bekor qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.

- Farg‘ona viloyatidagi 26 nafar koronavirusga chalingan bemorlar kasallikni qayerda yuqtirib olishgan?

- Farg‘ona viloyatida umumiy qayd etilgan 26  nafar bemorlarning 17 nafari maxsus charter reyslarida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik noxush hududlardan olib kelingan hamurtlarimiz orasida aniqlangan.

- Oziq-ovqat do‘konlari ham dezinfeksiya qilinadimi? Agar dezinfeksiya qilinsa mahsulotlar mazasi va sifati o‘zgarmasligiga kim kafolat beradi?

- Oziq-ovqat mahsulotlari do‘konlarida xam zararsizlantirish ishlari olib boriladi.  Mahsulotlar ifloslanmasligi uchun ular albatta o‘ramlarda bo‘lishi shart. O‘rami buzilgan va ochiq holatda saqlanayotgan maxsulotlarni kleyonka, sellofan va boshka zararsizlantiruvchi eritmalarni o‘tkazmaydigan vositalardan foydalanish talab etiladi.

- Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlarni ko‘rish uchun qarindoshlari shifoxonaga borishi mumkinmi?

- Mumkin emas. Ushbu cheklovlar koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish uchun  belgilangan.

- Koronavirus bilan shifoxonadan chiqqandan keyin uyda nimalarga rioya qilish kerak?

- Bemor shifoxonadan chiqqandan keyin shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi, ya’ni ko‘lni tez-tez yuvishi, xonani shamollatib turishi va uyda odamlarni ortiqcha yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslik, tibbiy xodimlar kuzatuvida bo‘lishlari va ular tavsiyalariga rioya eishlari kerak.

- Karantin davrida bitta niqobdan qancha muddatga foydalanish mumkin?

- Karantin davrida niqobni xar 3 soatda almashtirish zarur.