O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning yana to‘rt nafari shifo topdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning yana to‘rt nafari butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga chiqarildi.
Sputnik

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning yana to‘rt nafari butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga chiqarildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning yana to‘rt nafari shifo topdi

Ta’kidlanishchia, bemorlarning bir nafari BAAning Dubay shahridan, yana bir nafari Turkiyadan kelgan, qolgan ikki nafari esa koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan.

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning yana to‘rt nafari shifo topdi

“Ularni sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatishdi”, — deyilgan xabarda.

Shu tariqa O‘zbekistonda ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar 12 kishiga yetdi. Koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy soni 173 kishi tashkil qilgan.