O‘zbekiston Afg‘onistonda muzokaralar jamoasi shakllanishini olqishlaydi - TIV

Bayonotda qayd etilishicha, O‘zbekiston buni ichki siyosiy inqirozni tinch yo‘l bilan hal etish jarayonidagi muhim qadam deb qabul qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘oniston rahbarlarining inklyuziv muzokaralar jamoasini tuzish shakllantirish to‘g‘risidagi kelishuvini olqishlaydi.

Tashqi ishlar vazirligi bayonotida qayd etilishicha, O‘zbekiston buni ichki siyosiy inqirozni tinch yo‘l bilan hal etish jarayonidagi muhim qadam deb qabul qiladi.

Bildirilishicha, ayni bosqichda o‘t ochishni va zo‘ravonlikni to‘xtatish bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarning bajarilishi, barcha manfaatdor tomonlar, shu jumladan “Tolibon” harakati ishtirokida umummilliy afg‘onlararo muloqotga o‘tish o‘ta muhimdir.

“O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tarafdori ekanligini yana bir bor bayon qiladi”, - deyilgan xabarda.