Olimlar koronavirusni davolashning yangi usulini topishdi

Tadqiqotchilar og‘maxonlarga SARS-COV-2ni kiritishgan, keyin esa organizmlarida antitela hosil bo‘lib tuzalib ketganlarini saralab olishgan.
Sputnik

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Koronavirus bilan kasallangan yangi bemorni davolashda ushbu xastalikni boshdan kechirganlarning qonini quyish yordam berishi mumkin, deya yozadi South China Morning Post Gonkong universiteti ma’lumotlariga tayangan holda.

Mutaxassislar ACE2 oqsillari odamnikiga o‘xshash bo‘lgan Suriya oltinrang  og‘maxoni ustida tadqiqot o‘tkazishgan. Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus aynan o‘sha oqsil orqali organizmga kiradi.

OAV: olimlar koronavirusni yo‘q qilish usulini topishdi

Tadqiqotchilar og‘maxonlarga SARS-COV-2ni kiritishgan, keyin esa organizmlarida antitela hosil bo‘lib tuzalib ketganlarini saralab olishgan. Kasallikdan forig‘ bo‘lganlar qoni asosida em dori (sivorotka) tayyorlangan. Tayyorlangan dorini sog‘lom og‘maxonlarga quyishgan va ularga koronavirus yuqtirishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha dorini qabul qilganlarning organizmga virus yuklamasi o‘n marta kamroq bo‘lgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, bunday usul odamlarning ham davolanish jarayonini yengillashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning “Skolkovo” innovatsion markazi olimlari sovuq plazma bilan ishlangan suv bakteriyalar, zamburug‘lar va viruslarga, shu jumladan SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi samarali kurashishini aniqlashgani xabar qilingan edi.