OAV: olimlar koronavirusni yo‘q qilish usulini topishdi

“Skolkovo” olimlari sovuq plazma bilan ishlangan suv bakteriyalar, zamburug‘lar va viruslarga, shu jumladan SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi samarali kurashishini aniqlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 1 apr - Sputnik. Rossiyaning “Skolkovo” innovatsion markazi olimlari sovuq plazma bilan ishlangan suv bakteriyalar, zamburug‘lar va viruslarga, shu jumladan SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi samarali kurashishini aniqladilar. Bu haqda RIA Novosti “Izvestiya” gazetasiga tayanib xabar qiladi.

Rossiyada COVID-19 ga qarshi uchta dori ishlab chiqarildi

Mutaxassislar oddiy suvni mayda biologik obyektlarni yo‘q qila oladigan qilib o‘zgartira oladigan uskunani ishlab chiqdilar. Olingan suyuqlik kislorod va gipoxlor kislotasi aktiv shakllari ta’sirida patogenlarning hayotiy faoliyatini buzadi.

Ushbu texnologiya sovuq plazma ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi – bu zaradlangan va zaradlanmagan zarralardan gaz, oddiy suvga kiradi, shundan keyin atomlar elektronlarning bir qismini yo‘qotadi va natijada N2O molekulasiga ulana olmaydi. Ushbu jarayonning natijasida viruslarning hujayralariga zarar yetkazadigan kislorod va vodorodning turli shakllarining paydo bo‘ladi.

Suyuqlikni tibbiy niqoblarni, turli yuzalarni qayta ishlash uchun, shuningdek havoga purkash uchun qo‘llash mumkin, deb yozadi "Izvestiya". Nashrning ta’kidlashicha, hosil bo‘lgan mahsulot, spirtli eritmalar va xlorkadan farqli o‘laroq, tana uchun mutlaqo xavfsizdir, ishlab chiqarish boshlanganda uning narxi ming litr uchun bir yuz rublni tashkil qiladi.

Rossiyada koronavirusni davolovchi preparat taqdim etildi

Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi Sergey Netesov, “Skolkovo” olimlarining ishlanmasi haqida izoh berib, bu kabi dezinfeksiyalash xususiyatlariga ega bunday suvni ishlab chiqarish usuli, istiqbolli ekanligini aytdi. Biroq, u ushbu texnologiya bir qator qayta ishlanmalarni talab qiladi. Netesovning so‘zlariga ko‘ra, bunga qo‘shimcha ravishda, bu suyuqlikning lipid membranasiga ega viruslarga ta’sirini tekshirish kerak - bundaylarga koronavirus ham kiradi.

Mart oyi boshida JSST Xitoydan kelib chiqqan koronavirus infeksiyasining butun dunyo bo‘ylab tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. Tashkilot tomonidan olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 860 mingdan ziyod virus yuqtirib olgan, 42 mingdan ko‘proq odam vafot etgan. Rossiyada COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning umumiy soni 2337 kishiga (Moskvada 1613) yetdi, ulardan 121 tasi davolandi.

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 173 kishini tashkil etdi. 2 kishi vafot etgan.8 kishi ushbu kasallikdar butunlay forig‘ bo‘ldi.