Koronavirus kasalligining yangi belgilari aytildi

Hid va ta’m sezish belgilari namoyon bo‘lganida yetti kun davomida o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibiga qat’iy amal qilish lozim.
Sputnik

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Hid va ta’m sezgilarining yo‘qolishi koronavirus bilan bemorlanganlikning asosiy belgilari hisoblanadi. Londondagi Qirollik kolleji olimlari shunday to‘xtamga keldilar.

BCG vaksinasi koronavirusdan himoya qilishi dargumon – mutaxassis

Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, xuddi shunday belgilarga ega bo‘lgan 59 % bemorlarda koronavirusga topshirilgan test ijobiy natija bergan. Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkich koronavirusni aniqlashda yuqori temperaturadan ko‘ra ko‘proq aniqroq javob bergan.

Olimlarning ta’kidlashicha, boshqa belgilar bilan bir qatorda, ta’m va hid sezgilarining yo‘qolishi koronavirus infeksiyasi borligini uch karra aniqroq ko‘rsatadi. Mana shu belgilar namoyon bo‘lganida yetti kun davomida o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibiga qat’iy amal qilish lozim.

Sal oldin Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich koronavirusning asosiy belgilari bu nafas olishning og‘irlashishi va quruq yo‘tal, shuningdek, temperatura ko‘tarilishi ekanligini aytgan edi.

O‘tgan yilning oxirida Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan COVID-19 pandemiyasi hozirda 200 ga yaqin davlatlarni qamrab oldi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha ushbu virusni 750 mingdan ziyod kishi yuqtirgan, 36 mingdan ziyod inson vafot etgan.