BCG vaksinasi koronavirusdan himoya qilishi dargumon – mutaxassis

Rossiya sobiq bosh vrachi Gennadiy Onishenko tuberkuloz vaksinasi koronavirusdan himoya qilishiga shubha bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Duma deputati Rossiya sobiq bosh shifokori Gennadiy Onishenko amerikalik epidemiologlarning “BCG vaksinasi koronavirusdan himoya qiladi” degan xulosasini fikriga qo‘shilmaydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.  

“Bu gaplar o‘ylab chiqarilgan, uydirma. Men o‘tgan qisqa davr ichida kimdir ushb mavzuda ilmiy tekshirish o‘tkazib, buning tasdig‘ini  topganiga ishonmayman. Men bu yerda hech qanday bog‘liqlik ko‘rmayapman”, - dedi Onishenko.

Biroz oldin amerikalik olimlar koronavirus bilan kasallangan davlatlar statistik ma’lumotlarini tahlil qilib, koronavirus bilan kasallanish tezligi va o‘limlar soni ushbu mamlakatda tuberkulozga qarshi BCG vaksinasi naqadar ommaviyligiga bog‘liq, degan xulosani e’lon qilishgan edi.

Xususan, ular BCG vaksinasi ommaviy va majburiy bo‘lmagan Italiya va Niderlandda koronavirusdan o‘lim holatlari ko‘p bo‘lgani, hamda yuqoridagi vaksina majburiy bo‘lgan Braziliyada kasallik tarqalish tezligi va o‘limlar soni dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatgichlarga nisbatan kam bo‘lganini ta’kidlashgan edi.

COVID-19 pandemiyasi bugungi kunda dunyoning 180 mamlakatida 750 mingdar ortiq kishidaqayd etilgan. 36 mingdan ortiq odam vafot etgan. Rossiyada ayni damda 2337 nafar kasallanganlar qayd etilgan, ulardan 1613 nafari Moskvada. Bir necha hududlarda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibi amal qilmoqda.