AQSh Turkiyaga Suriyaga qarshi yordam berishga tayyor, faqat u S-400ni "yo‘qotishi" kerak

"Umid qilamizki, turklar... Anqara markazida turgan HHM tizimini olib tashlaydilar", - degan AQSh vakili
Sputnik

TOShKENT, 1 apr - Sputnik. AQSh Turkiyaga Suriyaga qarshi yordam berishga tayyor, faqat u avvaliga Rossiyadan xarid qilgan S-400 havodan hujum mudofaasi tizimini "yo‘qotishi" kerak. Bu haqda telefon orqali o‘tkazilgan brifingda AQShning NATOdagi doimiy vakili Key Beyli Xatchison ma’lum qilgan.

Rossiya va Turkiya Idlib bo‘yicha ko‘plab masalalar yuzasidan kelishuvga erishdi

Idlibda nimalar sodir bo‘ldi >>>

"Biz, Turki Rossiya ko‘magida ko‘plab turk askarlari o‘ldirilishiga sabab bo‘lgan Suriya tajovuzkorligiga qarshilik ko‘rsata oladi, deb umid qilamiz. Biz Turkiyaga yordam paketini to‘play olamiz, deb umid qilamiz. Biz umid qilamizki, Turkiya o‘z davlatida Rossiya havodan hujum mudofaa tizimini joylamaydi - u biz unga suriya tajovuzkorligiga qarshi turish uchun taqdim eta oladigan salohiyatni ushlab turibdi", - deb bayonot qildi Xatchison.
"Umid qilamizki, turklar... Anqara markazida turgan HHM tizimini olib tashlaydilar", - deb qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, Moskvada 5-mart kuni Suriyaning Idlib provinsiyasida ziddiyat kuchayishi munosabati bilan Rossiya va Turkiya prezidentlari muzokaralari bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, qo‘shma hujjat qabul qilindi.

Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat – hujum oqibatlari

Tomonlar "Ostona formati" tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar va o‘t ochishni to‘xtatish haqida e’lon qildilar.

Tomonlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va hozirda jangarilar nazoratida bo‘lgan M4 trassasini birgalikda patrul qishiga kelishdilar.

Idlibdagi vaziyat 27-fevralda "Hayat Tahrir ash-Shom"* terrorchilari Suriya hukumat kuchlariga qarshi keng ko‘lamli hujumni boshlagach, keskinlashgan edi. Asad armiyasi javob o‘ti ochdi. Shu qatorda bu yerda bo‘lmasligi kerak bo‘lgan turklar ham bombardimonga uchradi.

Natijada 36 nafar turk askari halok bo‘ldi, 30 dan ortiq odam jarohat oldi. Shundan so‘ng Rossiya tomoni darhol Suriya kuchlari tomonidan o‘t otishni to‘liq to‘xtatish choralarini ko‘rdi va halok bo‘lganlar va yaradorlarni Turkiyaga xavfsiz evakuatsiya qilinishi ta’minlandi. Mudofaa vazirligi Rossiya aviatsiyasidan ushbu hududda foydalanilmaganligini ta’kidladi.