Mirziyoyev pandemiya vaqtida kam ta’minlanganlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

Hujjat pandemiyaning mamlakat iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan navbatdagi imtiyozlar, preferensiyalar va boshqa muhim chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
Sputnik

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasi davrida aholini, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Loyiha “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining mantiqiy davomi hisoblanadi.

Mirziyoyev 500 ta sun’iy nafas oldirish apparat xarid qilish bo‘yicha topshiriq berdi

Hujjat pandemiyaning mamlakat iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan navbatdagi imtiyozlar, preferensiyalar va boshqa muhim chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

Mirziyoyev farmon loyihasiga yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlarini ko‘paytirish va narxlari oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, tadbirkorlik subyektlarining aylanma mablag‘lari kamayib ketishining oldini olish, ularga qo‘shimcha soliq imtiyozlari taqdim etish kabi bir qator aniq choralarni kiritish zarurligi haqida mas’ullarga topshiriq berdi.

Ta’kidlanishicha, farmon loyihasini takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan edi.