Koronavirus tufayli oliy ta’limda yozgi ta’til bo‘lmasa, o‘qish qanday ko‘chiriladi?

Koronavirus tufayli Oliy ta’lim muassasalarida navbatdan tashqari ta’til davom etsa yoki yozgi ta’til bo‘lmasa, o‘qishni ko‘chirish masalasi qanday bo‘ladi?
Sputnik

TOShKENT, 31 mar - Sputnik. Bugungi kunda karantin davom etish vaqtiga qarab, Oliy ta’limdagi ayrim jarayonlarning amalga oshish davri o‘zgarishi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov  ma’lum qildi.

Joriy yilning 31-mart kuni  AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov  ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Xorijdan o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun onlayn tizim ishga tushdi

Unda “Koronavirus tufayli oliy ta’limda yozgi ta’til bo‘lmasa, yoki navbatdan tashqari ta’til davom etsa o‘qishni ko‘chirish masalasi qanday bo‘ladi? Qanday ariza qabul qilinadi?” kabi savol yuzasidan javob berildi.

Abduvali Xoliqovning ma’lum qilishicha, bugungi kunda karantin davom etish vaqtiga qarab ayrim jarayonlarning amalga oshish davri o‘zgarishi mumkin.

- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi karantin davri tugashi bilan tegishli jarayonlarni amalga oshirish choralarini ko‘rmoqda, - deya javob berdi u.