"Bozor hazm qila oladimi?" Norvegiya neft qazib olishni ko‘paytirmoqchi

Norvegiya jahon bozorida neftning keragidan ortiqligini yanada oshirishga qaror qildi, deya xabar beradi OAV. Sputnik radiosi efirida Milliy energetik xavfsizligi jamg‘armasining yetakchi tahlilchisi Igor Yushkov bu holatda vaziyat qanday rivojlanishini aytib berdi.
Sputnik

Norvegiya, neftning past narxlariga qaramay, jahon bozorida uning keragidan ortiqligini yanada oshirishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Bloomberg.

Yevropa va AQSh Saudiya neftidan voz kechmoqda - OAV

Norvegiyaning Equinor ASA davlat kompaniyasi may oyida Shimoliy dengizdagi Yoxan Sverdrup konida qazib olishni kuniga 470 ming barrelgacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Bu hech bo‘lmaganda muddatidan bir oy oldinroq va rejalashtirilgandan kuniga 30 ming barrelga ko‘proq, bu esa ortiqcha ishlab chiqarish va neft urushi sharoitida bozordagi vaziyatni murakkablashtiradi, deya ta’kidlaydi agentlik.

Shu bilan birga, 2022-yil oxiriga kelib Norvegiya kuniga 690 ming barrel ishlab chiqaradi deb taxmin qilinmoqda.

Sputnik radiosi efirida Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Moliya universiteti eksperti, Milliy energetik  xavfsizligi jamg‘armasining yetakchi tahlilchisi Igor Yushkov ushbu rejalar amalga oshirilishidan shubha bildirdi.

"Bir tomondan, ular taxmin qilgan o‘sish unchalik katta emas. Saudiya Arabistonidan farqli o‘laroq, u ishlab chiqarishni kuniga uch million barrelga oshirishni ta’kidlagan. Demak, Norvegiyaning qo‘shimcha hajmlari o‘ta ta’sirli ko‘rinishga ega emas. Ammo quyidagicha savol tug‘iladi: Bozor yangi hajmlarni hazm qila oladimi? O‘ylaymanki, bozor holati Norvegiya kompaniyasining rejalariga o‘zgartirishlar kiritishi turgan gap", - dedi Igor Yushkov.

Neft urushi: Vashington asosiy taqiqni buzdi

Unga ko‘ra, bozorda hech kimda bu qadar neft mikdoriga extiyoj yo‘q.

"Hozirda Yevropaning neftni qayta ishlash zavodlari nafaqat qo‘shimcha hajmlarni rad etishmoqda, balki prinsipial ravishda qayta ishlashni qisqartirmoqdalar, chunki Yevropa karantin choralari tufayli bunchalik ko‘p neft mahsulotlariga ehtiyoj sezmayapti. Bir oy ichida barcha neft omborlari to‘ladi va shundan keyin nafaqat iste’mol, balki talabning real pasayishi boshlanadi, shunda yevropaliklar ham neft sotib olishdan bosh tortishni boshlaydilar. Shu sababli, norvegiyaliklar ushbu qo‘shimcha hajmni kimga sotmoqchi ekanligi katta shubha ostida", - deydi ekspert.

Mart oyi boshida OPEK+ davlatlari na neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risidagi bitim parametrlarini o‘zgartirish va na uni uzaytirish to‘g‘risida kelisha olmadilar. Ar-Riyod ishlab qazib olishni qo‘shimcha qisqartirishni talab qildi, ammo bu joriy sharoitlarni saqlab turishni taklif qilgan Moskvaga to‘g‘ri kelmadi. 1-apreldan boshlab OPEK+ bitimining ishtirokchilari bir-birlari oldidagi majburiyatlari bekor qilinadi, saudiyaliklar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishi, narxlarni pasaytirishi va yevropalik xaridorlarga katta miqdordagi chegirmalar taqdim etishini e’lon qildi. Bu jahon bozorida neft narxlarining qulashiga olib keldi.