COVID-19ga qarshi kurash: SSVda koreyalik mutaxassis ish boshladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi kurashishda yordam berishi uchun koreyalik professorni O‘zbekistonga taklif etdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligida Koreyaning Koryo universiteti professori Soy Chje Uk S xalqaro ekspert sifatida ish boshladi.

Barcha qulayliklar ega bo‘lgan karantin – video

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mutaxassis bugun va ertaga qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan maslahat olish, hamkorlikda ishni tashkil qilish hamda dunyo va Koreya tajribasi bilan mamlakatda qo‘llanilayotgan koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha bugungi metodologiyani uyg‘unlashtirish maqsadida taklif etildi.

Ushbu xalqaro ekspert bilan hamkorlikda, shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni samarali davolash va ularning xastalikdan tezroq forig‘ bo‘lishlari uchun yuqori tibbiy texnologiyalardan unumli foydalanishni yanada kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 149 nafarga yetgan.