Qo‘l yuvish kamlik qiladi: COVID-19 yuqmasligi uchun yana nima qilish kerak?

Xitoylik virusolog koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun yana nima qilish kerakligi haqida ma’lumot berdi
Sputnik

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Pekin tibbiyot universiteti uchinchi kasalxonasi farmatsevti Van Xayin Xuansyu shibao nashriga bergan intervyusida koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqish va qo‘l yuvish yetarli emasligi haqida gapirdi.

Koronavirusdan ikki million ukrainaliklar o‘ladi - shifokor

U burun - nafas olish yo‘llari "darvozasi" ekanligini, unda kir osonlikcha ushlanib qolishi mumkinligini eslatib o‘tdi. Xayinning tushuntirishicha, burun bo‘shlig‘ida, ya’ni burun teshiklarida tuklar hamda shilliq pardaning ko‘psonli burushlari mavjud bo‘lib, ularda chang, mikroorganizmlar va viruslar to‘planadi.

Farmatsevt uyga qaytgach, har kuni bir marta burunni yuvish kerakligini aytdi.

"Agar atrof-muhit qattiq ifloslangan bo‘lsa, bunday joyni tark etishingiz hamon burunni yuvishingiz lozim, bunday holatlarda bir kunda bir necha marta burunni yuvish tavsiya etiladi", - deya izoh berdi u.

Koronavirusni davolashda tavsiya etilgan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi - Rossiya SSV

Ko‘pchilik uchun tana haroratiga teng qaynatilgan suv bilan burunni yuvish, yetarli hisoblanadi. Haddan ziyod sovuq yoki issiq suv burun shilliq pardasini yallig‘lantirishi mumkin. Surunkali rinit bilan bemorlanganlarga esa sho‘r suv bilan yuvish tavsiya etiladi. Bunday suv burun bo‘shlig‘i va shilliq parda to‘qimalari shishini kamaytiradi.

Burunni yuvish vaqtida boshni biroz oldinga engashtirib, suv to‘la idishni burunga yaqin tutish kerak. Suvni bitta burun teshigi bilan tortib, so‘ngra chiqarish lozim. Burun irrigatorlaridan foydalansa ham bo‘ladi, ammo ularni muntazam tozalash ishdan chiqmasligi lozim.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasini pandemiya, deb e’lon qilgan edi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha 510 mingdan ziyod kishi virusni yuqtirgan, vafot etganlar soni 23,5 ming nafarni tashkil qilmoqda.