Jizzax shahriga 28-martdan boshlab kirish va chiqish to‘xtatildi

Tashkil etilgan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlarini pirometrlar (masofadan tana haroratini o‘lchovchi) va o‘tishga ruxsat etilgan avtotransport vositalarini majburiy ravishda dezinfeksiya qilinadi.
Sputnik

TOShKENT, 28 mar - Sputnik. "Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida Jizzax shahrini karantinga olish to‘g‘risida" gi Jizzax shahri hokimi qaroriga ko‘ra, shaharga 2020-yil 28-martdan boshlab kirish va chiqish to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda viloyat axborot-xizmati.

Yana 3 ta viloyat kirish va chiqish uchun yopildi

Hujjatga muvofiq, Jizzax shahriga 2020-yil 28-mart soat 00.01 dan boshlab kirish va chiqish to‘xtatildi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bilan Jizzax shahriga kirish chiqishni nazorat qilish uchun qo‘shimcha yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlar tashkil etadi.

Jizzax shahriga kiruvchi va chiquvchi shaxslarda koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash bo‘yicha majburiy tibbiy nazorat o‘rnatiladi.

Tashkil etilgan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlari pirometrlar (masofadan tana haroratini o‘lchovchi) ta’minlanadi va o‘tishga ruxsat etilgan avtotransport vositalarini majburiy ravishda dezinfeksiya qilinadi.

Jizzax shahridagi "Yoshlar shaharchasi", "Istiqlol" va "O‘rda" ekologik istirohat bog‘lari faoliyati to‘xtatilib, fuqarolarning bog‘ hududiga kirishi ta’qiqlanadi.